Fransiyada poyezdlar harakati tiklanmoqda
Sport
−
26 iyul 2024 4947 1 daqiqa
Fransiyada elektr tarmoqlariga o‘t qo‘yish oqibatida uzilib qolgan tezyurar poyezdlar qatnovi tiklanmoqda. Bu haqda transport vazir-delegati Patris Vergriyete TF1 telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
“Yo‘l harakati asta-sekin tiklanmoqda va men ertalabdan beri ishlayotgan ta’mirlash brigadalariga minnatdorlik bildirmoqchiman”, deydi Vergriyete.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘t qo‘yishdan zarar ko‘rgan Atlantika poyezdi yo‘nalishida poyezdlarning taxminan uchdan bir qismi qatnovi tushdan keyin qayta tiklanadi.
Hozirda huquq-tartibot idoralari jinoyatchilarni qidirmoqda. O‘t qo‘yish ortida “ultra-chap radikallar” turgani taxmin qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parij temiryo‘l tarmog‘iga zarar yetkazilgani xabar qilingandi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr