FIFA Venesueladagi qurbonlarga 1 mln dollar xayriya qiladi

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) jamg‘armasi Venesueladagi zilzila oqibatida jabrlanganlarga 1 million dollar miqdorida xayriya ajratadi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar qildi.

“Venesuela xalqi bu nihoyatda og‘ir davrda jahon futbol oilasining to‘liq qo‘llab-quvvatloviga ega. Futbol, ayniqsa, inqiroz paytida, odamlarni birlashtirish va umid bag‘ishlashning betakror qobiliyatiga ega”, deydi FIFA prezidenti Janni Infantino.

Joriy yilning 9 iyul holatiga ko‘ra, 24 iyun kuni Venesuelada sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida 3 889 nafar kishi halok bo‘lgan, 16 740 nafar kishi turli darajada jarohat olgan. Shuningdek, 17 907 nafar aholi boshpanasiz qolgan, 190 ta bino to‘liq vayron bo‘lgan, yana 856 tasi jiddiy shikastlangan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida 6 462 nafar inson qutqarib qolingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniyaning “Real Madrid” klubi hamda uning prezidenti Florentino Peres Venesuelada sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar oqibatida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun jami 2 million yevro xayriya qilishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing