FIFA sloveniyalik futbolchi sabab “Andijon”ga transfer taqiqini qo‘ydi
Sport
−
03 iyul 5466 2 daqiqa
FIFA “Andijon” futbol klubiga nisbatan transfer taqiqi joriy etdi. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, FIFA’ning O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasiga yuborgan xatida “Andijon” futbol klubi Albaniyaning “Lachi” klubi oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmagani ko‘rsatilgan.
FIFA qaroriga ko‘ra, “Andijon” Albaniyaning “Lachi” klubi oldidagi moliyaviy majburiyatini 45 kun ichida bajarishi lozim bo‘lgan. Biroq oxirgi muddat sifatida belgilangan 10 iyun sanasiga qadar ham mazkur ish amalga oshmagan.
Shundan kelib chiqib, klubga nisbatan mazkur ish yopilmaguniga qadar ketma-ket uch transfer oynasi davomida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiq e’lon qilingan.
Qayd etilishicha, endilikda “Andijon” har qanday holatda ham sloveniyalik 23 yoshli yarim himoyachi Altin Kreziu transferi ortidan yuzaga kelgan holat bo‘yicha hisob-kitob qilishga majbur. Mazkur ish amalga oshgach, klub bu haqda FIFA’ni xabardor qiladi va keyinchalik “Lachi” ham buni tasdiqlasa, FIFA transfer taqiqini olib tashlaydi.
Ma’lumot uchun, “Andijon” klubi 2025 yilgi mavsum avvalida 23 yoshli legioner Altin Kreziu bilan shartnoma imzolagan edi. Sloveniyalik futbolchi “burgutlar” tarkibida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 4 ta assist qayd etgandi. Shundan so‘ng, klub mavsum yakuniga yetmay futbolchi bilan xayrlashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rivaldo bilan hisob-kitob qilinmagunicha “Bunyodkor” futbol klubi ham yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmasligi xabar qilingan edi.

Live
Barchasi