Fayzullayev ketma-ket uchincha marta SSKAda oy o‘yinchisi bo‘lishga yaqin turibdi

Sport

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi  va Rossiyaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev Moskva jamoasi safida ketma-ket uchinchi marta oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogar bo‘ldi.

Bungacha sentyabr va oktyabr oylarida “armiyachilar”ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan 20 yoshli Fayzullayevdan tashqari sovringa Villian Rosha, Ivan Oblyakov, Kellven, Chalov va Zabolotniy kabi futbolchilar nomzodlik qilmoqda.

Ovoz berish jarayonlari SSKAning rasmiy sahifasida amalga oshirilmoqda. Hozirda Fayzullayev 80 foiz ovoz to‘plab, bu borada yaqqol ustunlikka ega bo‘lib turibdi. G‘olib futbolchi 17 dekabr kuni e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 13 dekabr kuni Fayzullayevning transfer qiymati ko‘tarilgani xabar qilingandi. Hozirga kelib Abbosbek O‘zbekistonning eng qimmat ikkinchi futbolchisi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

TsSKA Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing