Farg‘onadagi “zapravka”da Damas yonib ketdi
3-sahifa
−
14 Oktabr 5398 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatidagi gaz “zapravka”lardan birida metan quyish jarayonida Damas yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 13 oktyabr kuni soat 13:51 da Oltiariq tumani, “Beruniy” MFY Polosonobod ko‘chasida joylashgan “Eco Metan” MCHJga qarashli gaz “zapravka” ichida metan quyish jarayonida Damas rusumli avtomobilni tashqi kuzuf qismi qisman yongan. Yong‘in qisqa fursat ichida “Eco Metan” MCHJ ishchi xizmatchilari va haydovchilar tomonidan birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari orqali o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q, uning sababi va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida yuk avtomobili yonib ketgandi.
Live
Barchasi