Farg‘onada uylardan biri yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi uylardan biri yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 27 fevral kuni soat 22:24 da Marg‘ilon shahar “Yuksalish” MFYdagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘layotgani yuzasidan xabar tushgan. Xabarga asosan yong‘in-qutqaruv ekipajlari 22:32 da yetib borib, 22:36 yong‘in o‘rab olingan va soat 22:50 da batamom o‘chirilgan.

Bildirilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan Do‘mbirobod City turarjoylarining sotuv ofisida yong‘in sodir bo‘lgan edi. Mazkur hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing