Ertaga havo 48 darajagacha isiydi
Bu qiziq
−
19 iyul 7949 2 daqiqa
Ertaga, 20 iyul kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida ob-havo 48 darajagacha isiydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatilinishi mumkin. Harorat kechasi 27-29°, kunduzi 41-43° bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilinishi mumkin. Harorat kechasi 28-33°, kunduzi 40-45° bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilinishi mumkin. Harorat kechasi 24-29°, kunduzi 40-45° bo‘ladi.
Qashqadaryo VA Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilinishi mumkin. Harorat kechasi 27-32°, kunduzi 43-48° bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 40-45°bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 30-35° ba’zi jolarda 37°gacha bo‘ladi.
Live
Barchasi