Eronning nufuzli amaldorlaridan biri koronavirusdan vafot etdi
Olam
−
02 mart 2020 14597 1 daqiqa
Eronning nufuzli amaldorlaridan biri Muhammad Mir-Muhammadiy koronavirusdan vafot etdi. Bu haqida mamlakat ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
“Tasnim” agentligining xabar berishicha, Muhammad Mir-Muhammadiy bugun, 2 mart kuni vafot etgan. U Eron oliy rahbariga maslahat beruvchi organ a’zosi bo‘lgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 978 nafar kishi koronavirusga chalingan. 55 kishi olamdan o‘tgan. 173 kishi kasallikdan davolanib chiqqan.
Live
BarchasiPeruda hukumat almashdi
10:02