Eronda o‘n qavatli bino quladi
Olam
−
23 may 2022 9438 1 daqiqa
Eronning janubi-g‘arbidagi Xuziston provinsiyasidagi Abadan shahrida o‘n qavatli ofis binosi qulab tushdi, bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Eronning “Tasnim” agentligi xabar bergan.
“Amiri ko‘chasidagi ofis binosining bir necha qismi qulab tushdi. Bino xodimlari to‘liq evakuatsiya qilindi. Qulash natijasida bino yaqinida joylashgan avtomobillarga zarar yetdi”, deyiladi agentlik xabarida.
Hozirda hodisa oqibatida to‘rt kishi jarohatlangan, ularning barchasi mahalliy shifoxonaga yetkazilgan. Yana bir kishi vafot etgan.
Live
Barchasi