Erkakligi aytilgan ayol bokschi faoliyatini tugatgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi 

Sport

image

Parij-2024 Olimpiadasi chempioni, jazoirlik bokschi Imon Halif sportdagi faoliyatini yakunlagani haqidagi xabarlarni ko‘rib, tezda Facebook’dagi sahifasida munosabat bildirib chiqdi. 

“Avvalo, jamoatchilikka shuni aniq aytmoqchimanki, mening boksdan ketganim haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu gaplar menga hech qanday tarzda vakillik qilmaydigan bir insonning bayonotlariga asoslangan. Menimcha, bu odam ishonchni va vatanimizni sotgan. Men sportni tark etganimni e’lon qilmaganman va hanuzgacha sportdagi faoliyatimga sodiqman”, deya post joylagan sportchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Shuningdek, Halif hozirda sport bilan jiddiy tarzda shug‘ullanayotganini va kelgusidagi musobaqalarga tayyorlanayotganini ma’lum qilgan. 

“Muntazam mashq qilyapman va sport formamni saqlab turibman. Oldinda meni katta musobaqalar kutib turibdi, shularga tayyorgarlik ko‘ryapman. Bu mish-mishlar faqatgina mening sport faoliyatimga xalal berish uchun tarqatilmoqda. Men har doim sportga va vatanim – Jazoirga sodiqman. Bu yolg‘onlar menga mamlakatim bayrog‘ini himoya qilish va sharaflash yo‘lida to‘sqinlik qila olmaydi”, deya fikrini yakunlagan bokschi. 

Eslatib o‘tamiz, sportchining sobiq menejeri avvalroq Halif faoliyatini tugatgani haqida xabar bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Imon Halif

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing