Erkak sep va vazn sabab xotinini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Olam

image

Hindistonning Karnataka shtatida erkak 29 yoshli ayolini sep talabi va vazni sabab bo‘g‘ib o‘ldirdi. Bu haqda “The Times of India” xabar berdi.

Qayd etilishicha, qurbon Priyanka Kamalakar 2024 yilda Basavaraj Vaddarga turmushga chiqqan. Dastlab er-xotinning oilaviy hayoti yaxshi kechgan, biroq vaqt o‘tishi bilan ular o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan.

Basavaraj va uning qarindoshlari Priyankadan ota-onasidan qo‘shimcha pul va tilla olib kelishni talab qilib, bu talab bajarilmagani uchun unga muntazam ruhiy va jismoniy bosim o‘tkazgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Basavaraj rafiqasini vazni sabab tez-tez kamsitib, uni haddan ortiq semiz ekani va farzand ko‘ra olmasligini aytib, haqorat qilgan. Bu esa er-xotin o‘rtasida muntazam janjallarga sabab bo‘lgan.

Joriy yilning 29 iyun kuni kechqurun Xanasi qishlog‘idagi uyda navbatdagi mojaro yuz bergan. Janjal davomida Basavaraj ayolni bo‘g‘ib o‘ldirgani aytilmoqda. Shuningdek, gumonlanuvchi jinoyat izlarini yashirishga uringan bo‘lishi mumkin.

Holat yuzasidan qotillik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani qayd etilgan.

Politsiya Basavaraj Vaddar hamda uning uch nafar qarindoshi – Renavva, Subhash va Siddarameshni hibsga olgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonda bir erkak vafot etgan singlisining hisobidagi pullarni olish uchun uning suyaklarini bankka olib borgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing