Erdo‘g‘an Turkiyani 80-yildagi konstitutsiyasidan voz kechtirmoqchi
Olam
−
25 iyul 2023
7388Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an respublikaning 1980 yildagi harbiy to‘ntarishdan keyin tasdiqlangan amaldagi konstitutsiyasi o‘rniga yangi konstitutsiyani tezroq qabul qilish zarurligini aytdi. Uning fikricha, respublika e’lon qilinganining 100 yilligini (29 oktyabr) nishonlash va uning oldida turgan vazifalarni eski asosiy qonun bilan hal etishni mamlakat ko‘z oldiga keltira olmaydi.
“Respublika e’lon qilinganining 100 yilligini harbiy to‘ntarishdan so‘ng qabul qilingan konstitutsiya bilan nishonlashni tasavvur qilolaymiz. Biz 2022 yildan beri adolat sohasida erishayotgan og‘ir g‘alabani, erkinlikni kafolatlaydigan va barchani birlashtiruvchi fuqarolik konstitutsiyasining qabul qilinishi bilan tojlamoqchimiz. Turkiyani to‘ntarish davri konstitutsiyasidan ozod qilish missiyasi 28-parlament uchun asosiy vazifalardan biri bo‘ladi”, deydi Erdo‘g‘an Anqarada sud hokimiyati vakillari bilan uchrashuvda.
Erdo‘g‘an ikki marta konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bilan bog‘liq masalalarni xalq ma’qullashiga topshirgan. 2017 yilgi referendumdan so‘ng respublikada parlament boshqaruv shakli prezident boshqaruviga almashtirildi, biroq bu o‘zgarishlarni hisobga olib, yangi konstitutsiya qabul qilinmadi. Joriy yilning may oyida yangi prezidentlik muddatiga qayta saylangan Erdo‘g‘an yangi konstitutsiyani qabul qilish uning ma’muriyatining asosiy vazifalaridan biri ekanligini aytdi.
Davlat to‘ntarishi va konstitutsiya
Bosh shtab boshlig‘i general Kenan Evren tomonidan amalga oshirilgan 1980 yilgi davlat to‘ntarishi respublika tarixida 1960 va 1971 yillardagi davlat to‘ntarishlaridan keyingi uchinchi davlat to‘ntarishi bo‘ldi. Keyingi uch yil davomida, demokratiya tiklangunga qadar Turkiya qurolli kuchlari mamlakatni Milliy xavfsizlik kengashi orqali boshqargan.
To‘ntarish natijasida 250 dan 650 minggacha odam hibsga olindi, 517 kishi o‘limga hukm qilindi. Hammasi bo‘lib 1 million 683 ming kishi qora ro‘yxatga tushdi, 30 ming kishi siyosiy qochqinga aylandi. 23 677 ta jamoat birlashmalari, birinchi navbatda kommunistik, so‘l markazchi va kurd tashkilotlari, shuningdek, barcha partiyalar va kasaba uyushmalari faoliyati taqiqlandi. 400 nafar jurnalist jami 3315 yarim yil qamoq jazosiga hukm qilindi.
Uch yil davomida davlat to‘ntarishi tashkilotchilari harbiylar tomonidan boshqariladigan jamiyatni shakllantirish uchun 800 ga yaqin qonunlar chiqardilar. Ular amaldagi Konstitutsiyaning ishlamasligiga ishonch hosil qilishdi, shuning uchun yangi konstitutsiyani qabul qilishga qaror qilindi.
1981 yil 29 iyunda harbiy xunta yangi konstitutsiyani ishlab chiqish uchun maslahat kengashining 160 a’zosini tayinladi. Yangi konstitutsiyada prezidentni saylash qoidalari kabi aniq chegaralar va ta’riflar belgilab qo‘yilgan edi, ular davlat to‘ntarishiga sabab bo‘lgan omil hisoblanadi.
1982 yil 7 noyabrda yangi konstitutsiya referendumga qo‘yildi va unda 92% ovoz bilan ma’qullandi. 1982 yil 9 noyabr Kenan Evren keyingi 7 yilga prezidentlik lavozimiga tayinlandi.
LiveBarchasi