Qidiruvdagi o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
3-sahifa
−
06 iyun 3839 1 daqiqa
6 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, IIV TQD hamda Turkiya Respublikasi IIV bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida muqaddam Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan ayol qo‘lga olingan. U o‘zi tashkil etgan MCHJga fuqarolarni xorijiy davlatlarga ishga yuborish bo‘yicha tegishli litsenziyaga ega bo‘lmasdan, ularni AQSH va Yevropa davlatlariga yaxshi ish haqi to‘lanadigan ishlarga ishlash uchun yuborishini aytib aldab kelgan. Sodir etayotgan firibgarlik jinoyatini yashirib, fuqarolarga turli xildagi xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risida shartnomalar tuzish orqali ularning ishonchiga kirib, katta miqdordagi pullarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan va o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Bildirilishicha, 2020 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada yashirinib yurgani aniqlangan va qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda giyohvand moddalari savdosi bilan shug‘ullanib, huquq-tartibot organlaridan yashirinish uchun chet elda qochib yurgan qidiruvdagi 37 yoshli shaxs AQSHda qo‘lga olingan edi.
Live
Barchasi