Epshteyn o‘z orolidagi “masjid” uchun O‘zbekistondan koshin olgan – NYT

Olam

image
SEX TRAFFICKING yoxud O‘zbekistonlik qiz ortidan “Gunohlar oroli”ga yo‘l north_east

SEX TRAFFICKING yoxud O‘zbekistonlik qiz ortidan “Gunohlar oroli”ga yo‘l

Pedofillikda ayblangan marhum moliyachi Jeffri Epshteyn o‘z orolidagi “masjid” uchun O‘zbekistondan koshin sotib olgan. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, mojaroli moliyachi nodir islom artefaktlarini sotib olishga qiziqqan. U ushbu buyumlarni o‘zining shaxsiy orolidagi g‘ayrioddiy binoni bezash va boy hamda nufuzli odamlar bilan aloqalar tarmog‘ini kengaytirish uchun xarid qilgan. Epshteyn shaxsiy suhbatlarda bu binoni “masjid” deb atagan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Makkadagi Ka’badan Qur’on oyatlari tushirilgan kisvalar keltirilgan. Shuningdek, Epshteyn o‘z inshooti uchun O‘zbekistondan masjid koshinlarini (plitkalarini) hamda qadimgi Suriya me’morchiligi namunasi asosida yaratilgan oltin rangli metall gumbazni sotib olgan.

Yaqinda maxfiylikdan chiqarilgan hujjatlar Epshteynning Littl-Sent-Jeyms orolidagi sirli bino bilan bog‘liq ko‘p yillik jumboqqa oydinlik kiritgan. Oltin gumbazli, ko‘k va oq chiziqli ushbu bino ilgari musiqa xonasi, pavilon, ibodatxona yoki hatto okkultizm maskani sifatida ta’riflangan. Biroq Epshteynning o‘zi bu inshootni tez-tez “masjid” deb atab kelgan.

Hujjatlarga ko‘ra, muqaddas “qadamjo” barpo etish g‘oyasi unda fohishalikka jalb qilish ishi bo‘yicha aybiga iqror bo‘lib, qamoqda o‘tirgan vaqtida paydo bo‘lgan. 2009 yilda ozodlikka chiqishidan oldin, yozishmalarga ko‘ra, u atrofida “islomiy bog‘” bo‘lgan hammom loyihasi uchun arxitektorlarni yollagan. Keyinchalik esa, Epshteyn bu rejadan voz kechib, “musiqa xonasi” qurish uchun ruxsat olishga harakat qilgan. Ammo qurilishga aloqador shaxslar bilan yozishmalarda u baribir “masjid” atamasini ishlatgan.

NYT surishtiruvida aytilishicha, 2011 yilda Epshteyn O‘zbekistondagi aloqador shaxsiga haqiqiy koshinlar (plitka) topish iltimosi bilan xat yozgan. 

“Bu xuddi masjiddagi kabi ichki devorlar uchun bo‘ladi”, degan u.

Moliyachi tomonidan yollangan rumin rassomi Ion Nikola ham NYT’ga bergan intervyusida Epshteyn binoni muntazam ravishda o‘z “masjidi” deb ataganini tasdiqlagan. 2013 yilda u Nikolaga Halabdagi (Aleppo) Yalbug‘a hammomining suratini yuborib, shunga o‘xshash eskizlar tayyorlashni so‘ragan. Shu bilan birga, uning ushbu binodan haqiqatan ham masjid sifatida foydalanish niyati bo‘lgan-bo‘lmagani haqida dalillar yo‘q.

Ma’lumot uchun, Jeffri Epshteyn 1953 yil 20 yanvarda AQSHda tug‘ilgan. U o‘z faoliyatini “Bear Stearns” investitsiya bankida boshlagan, keyinchalik “J. Epstein & Co” kompaniyasiga asos solgan. 2008 yilda u voyaga yetmaganlarni fohishalikka jalb qilishda aybini tan olgan. 2019 yilda unga odam savdosi bo‘yicha yangi ayblovlar qo‘yilgan va o‘sha yili Epshteyn qamoqxona kamerasida o‘lik holda topilgan.

2024 yil boshida Nyu-York sudi biznesmenning hujjatlarini – ichida 150 dan ortiq kishining ismlari bo‘lgan “Epshteyn fayllari”ni maxfiylikdan chiqarishni boshladi. Ular orasida taniqli siyosatchilar va jamoat arboblari bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jeffri Epshteynning kameradoshi Nikolas Tartalone uning o‘limidan oldin yozilgan deb taxmin qilinayotgan maktub mazmuni haqida ma’lumot bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

masjid Jeffri Epshteyn koshin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing