Emina Erdo‘g‘an ash-Sharaning rafiqasi bilan uchrashdi

Olam

image

Kecha, 4 fevral kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning rafiqasi Emina Erdo‘g‘an Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad ash-Sharaning rafiqasi Latifa al-Durubiy bilan uchrashdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Anqaradagi Davlat mehmon uyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Emina Erdo‘g‘an va al-Durubiy insonparvarlik yordami, ijtimoiy birdamlik, ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish va ta’limning roli haqida fikr almashgan.

Shuningdek, Turkiya va Suriya urushdan eng ko‘p jabrlangan ayollar va bolalar uchun birgalikda tashlashi mumkin bo‘lgan qadamlarni muhokama qilingan.

Al-Durubiy Suriyani qayta tiklashda ko‘rsatgan yordami uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi.

Emina Erdo‘g‘an esa ijtimoiy tarmoqdagi o‘z postida shunday yozdi:

“Bugun mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Suriya Arab Respublikasi Prezidentining muhtaram rafiqasi Latifa Al-Durubiy xonimni qutlashdan mamnunman. Biz ko‘plab muhim masalalar, xususan, insonparvarlik yordami, ijtimoiy birdamlik, ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish va bu jarayonlarda ta’limning o‘rni kabi mavzularni muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldik. Xususan, biz butun dunyo bo‘ylab urushdan eng ko‘p jabr ko‘rayotgan ayollar va bolalar uchun birgalikda amalga oshirishimiz mumkin bo‘lgan ishlarni muhokama qildik”, dedi Turkiya birinchi xonimi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya bugun ham avvalgidek Suriyani qayta qurish va uning yaralarini davolash jarayonida Suriya xalqini qo‘llab-quvvatlamoqda.

“Bizning birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijasi mustahkam tinchlik va barqarorlik qaror topadigan baxtli kelajak bo‘lishiga ishonaman. Umid qilamanki, bu yo‘lda tashlangan har bir qadam mintaqa xalqlari uchun umid bo‘ladi”, deya xulosa qildi Emina Erdo‘g‘an.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil dekabrda Suriyada hokimiyatni egallagan Ahmad ash-Shara (Abu Muhammad al-Jo‘loniy) joriy yil 29 yanvar kuni mamlakatning o‘tish davridagi prezidenti deb e’lon qilingandi. 2 fevral kuni u Saudiya Arabistoniga ilk xorijiy tashrifini amalga oshirdi. Mazkur tashrif doirasida u Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi va Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashdi. 3 fevral kuni u Makka shahrida Umra ziyoratini amalga oshirdi. Unga Ka’ba eshiklari ham ochib berildi. Ash-Sharaning 2-xorijiy safari Turkiyaga bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Turkiya Emina Erdo'g'an Latifa al-Durubiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing