Dzyudo: Sharofiddin Boltaboyev Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi
Sport
−
27 iyul 2021 3948 1 daqiqa
Dzyudo bo‘yicha -81 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini Olimpiya o‘yinlarida himoya qilayotgan Sharofiddin Boltaboyev bronza medali uchun o‘tish bahsida gruziyalik Tato Grigalashviliga qarshi tatamiga chiqdi va mag‘lubiyatga uchradi. “Vazari” bahosi bellashuv taqdirini hal etdi, Boltaboyev esa musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Bunga qadar, chorak finalda o‘zbekistonlik sportchi Shamil Borchashviliga qarshi “oltin ochko” uchun kechgan bahsda “vazari” evaziga imkoniyatni boy bergan edi.
Boltaboyev nimchorak finalda bolgariyalik Ivaylo Ivanov bilan bahs olib borgan hamda 10 daqiqa davom etgan bellashuvda “vazari” bahosi evaziga g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.
Dastlabki bosqichda esa Sharofiddin Boltaboyev vanuatulik Ugo Kumbogani bilan bahs olib borib, ippon bahosi bilan g‘alaba qozongan edi.
Ma’lumot o‘rnida, bu o‘zbekistonlik dzyudochilarning ushbu Olimpiya o‘yinlaridagi eng yaxshi natijasi hisoblanadi. Davlat Bobonov (-90 kg), Muhammadkarim Xurramov (-100 kg), Bekmurod Oltiboyev (+100 kg) va Gulnoza Matniyozova (-70 kg) hali bahslarga kirishmagan.
Live
Barchasi