Dollar, yevro va rublning rasmiy kursi yangilandi
O‘zbekiston
−
14 Sentyabr 2020 9963 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, ertaga, 15 sentyabrdan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 295 so‘m 33 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 21 so‘m 16 tiyinga qimmatlagan.
1 yevro kursi 12 194 so‘m 82 tiyinga baholanib, 32 so‘m 26 tiyinga qimmatlashdi.
Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 1 so‘m 37 tiyinga ko‘tarildi. Xususan, 1 rubl 137 so‘m 65 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr