Diqqat, kuchli shamol! FVB ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
09 may
39811Toshkent shahar FVB bugun, 9 may kuni poytaxt hududida kuchli shamol bo‘lishi kutilayotganligi sababli aholidan kerakli xavfsizlik choralariga rioya qilishni maslahat berdi.
Jumladan:
- yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
- ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
- buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi.
O‘z navbatida, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslikni tavsiya etadi.
LiveBarchasi