Depayning pasporti o‘g‘irlab ketildi

Sport

image

Niderlandiya terma jamoasining barcha vaqtlardagi eng yaxshi to‘purari Memfis Depayning pasporti o‘g‘irlab ketildi. Shu sababdan futbolchi terma jamoasining yig‘iniga qo‘shilishida muammo yuzaga kelmoqda. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kumanning aytishicha, “Korintians” jamoasi hujumchisi Depay Braziliyada o‘g‘irlab ketilgan pasportini almashtirish uchun tegishli hujjatlarni olgach, terma jamoaning mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.

“Bu, avvalo, Memfis uchun, shuningdek, biz uchun ham yoqimsiz holat. Albatta, xalqaro tayyorgarlikni to‘liq tarkib bilan boshlashni istaysiz. Ammo ba’zi vaziyatlar bizning nazoratimizdan tashqarida. Umid qilamizki, u imkon qadar tezroq mashg‘ulotlarga qo‘shiladi”, dedi Kuman.

Kuman murabbiyligidagi Niderlandiya terma jamoasi 9 oktyabr kuni Maltaga tashrif buyuradi, 12 oktyabr kuni esa Finlyandiyani qabul qiladi.   

Ma’lumot uchun, Niderlandiya terma jamoasi hujumchilaridan biri Memfis Depay faoliyatini Braziliyaning “Korintians” klubida davom ettirmoqda. Depay o‘tgan oygi FIFA kunlaridan birida Litva darvozasiga ikkita to‘p kiritdi va hujumchi van Persini ortda qoldirib, vatani jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanib olgandi.

Diyor Toshpo‘latov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Niderlandiya Ronal'd Kuman Memfis Depay

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing