Daryo o‘zanidan 1 mlrd so‘mlik qum qazib olganlar ushlandi
3-sahifa
−
03 mart 1825 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida 1 mlrd so‘mlik tabiiy qum xom ashyosini o‘zboshimchalik bilan qazib olish holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘tkazilgan reyd tadbirida fuqaro A.X. va boshqalar tumandagi “Qovchin” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Qashqadaryo” daryosi o‘zanidan maxsus texnikalar yordamida 39,5 ming metr kub noruda foydali qazilma hisoblangan tabiiy qum xom ashyosini o‘zboshimchalik bilan qazib olib, davlatga 1 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan tog‘ qo‘yini otgan ovchi hayvonot dunyosiga 412 mln so‘m zarar yetkazgan edi.
Live
Barchasi