COVID-19 ga chalinganda o‘lim xavfini oshiradigan yana bir omil kashf etildi
Salomatlik
−
27 Oktabr 2020
14740COVID-19 bilan kasallangan bemorning hayotdan ko‘z yumishiga 15 foiz holatda havoning ifloslanishi sabab bo‘ladi. Bu holat, ayniqsa, Sharqiy Osiyo va Yevropa mamlakatlariga to‘g‘ri keladi, deb yozmoqda olimlar “Cardiovascular Research” ilmiy nashriga.
"Odamlar ifloslangan havodan nafas olayotganda, undagi mayda zarralar o‘pka orqali qon tomirlariga kiradi va yallig‘lanish va uyali stressni keltirib chiqaradi. Natijada tomirlarning ichki yuzasi buziladi, ular torayib, egiluvchanlikni yo‘qotadi. Koronavirus organizmga xuddi shu yo‘l bilan kirganda shunga o‘xshash narsa yuz beradi", deydi tadqiqot mualliflaridan biri Tomas Myunsel.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hisob-kitoblariga ko‘ra, har yili 7 millionga yaqin odam havoning turli zararli moddalar bilan ifloslanishi tufayli vafot etadi. Olimlar havoni ifloslantiruvchi moddalarning qaysi turlari odamlar va uy hayvonlari salomatligi uchun, ayniqsa, xavfli ekanligi haqida hali umumiy xulosaga kelishmagan.
O‘pkaga qo‘shaloq zarba
Myunsel va uning hamkasblari havoning ifloslanishi koronavirus infeksiyasiga qanchalik ta’sir qilishiga qiziqib ko‘rishdi. Buning uchun ular dunyodagi yirik shaharlar havosida aerozollarning tarqalishini o‘rganishdi.
Buning uchun olimlar ushbu shaharlarda yashovchilarning o‘pkasiga qancha aerozol zarralari va mikrodropletlar tushganligini va ularning nafas olish tizimiga kirib borishi yallig‘lanish ehtimoliga qanday ta’sir qilishini hisoblab chiqdi. Shifokorlar ushbu ma’lumotlardan o‘limiga havoning ifloslanishi ta’sir qilgan COVID-19 qurbonlari ulushini hisoblashda foydalanishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu ta’sir juda katta bo‘lgan: masalan, Chexiyada havoning ifloslanishi COVID-19 qurbonlarining taxminan 29 foizi, Xitoy, Germaniya, Shveysariya va Belgiyada esa 20 dan 25 foizgacha bo‘lgan. Sharqiy va Janubiy Osiyo shaharlarida bu ko‘rsatkich yanada yuqori bo‘lib, 35-40 foizga yetgan.