Chirchiqda haydovchi “qizil”dan o‘tib, xavfli “manyovr” qildi (video)
3-sahifa
−
14:35 4148 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida keskin burilish qilib piyodaning hayotiga xavf solgan Cobalt haydovchisi aniqlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, haydovchi bir necha qoidalarga amal qilmay, piyodalar hayotiga xavf solgan. Xususan, u “yashil” chiroq yonganida piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan ona va 5 yoshli bolaning qarshisidan keskin burilish bilan o‘tib ketgan.
Ushbu holat yuzasidan YHXX tomonidan surishtiruv olib borilgan. Unda haydovchi farzandining tobi qochgani sababli yuqori tezlikda harakatlanishga majbur bo‘lganini aytgan.
“O‘g‘limni issig‘i 40 darajaga chiqqandi. tutqanoq berib yubordi. Majbur edim. Qoidani buzdim, uzr so‘rayman”, degan haydovchi.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-moddasi 10-bandi (yo‘l bezorligi) bilan ayblanib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Avtoulov esa jarima maydoniga joylashtirilgan.
To‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun Chirchiq shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborilgan, holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon shahrida haydovchi ayol ko‘p qavatli uyning hovlisiga kiraverishda o‘ynab turgan ikki bolakayni urib yuborgandi.
Live
Barchasi