Chinozda uyida qimorxona tashkil etgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida o‘z uyida qimor o‘yinlarini tashkil qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi, 1967 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining yashash xonadonida 10 nafar fuqaro ishtirokida qimor o‘yinlarini tashkil etgani aniqlangan. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qimor o‘yiniga tikib o‘ynalayotgan jami 140 mln so‘m miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Bildirilishicha, hozirda qimorxona tashkilotchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qolgan shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 191-moddasiga (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar) muvofiq chora ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 70 ga yaqin veb-sayt bloklangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Chinoz qimorxona qimor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing