“Chelsi” egalari klubdagi ulushlarini sotish niyatida – OAV

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubining egalari Todd Bouli va Mark Uolter jamoadagi o‘z ulushlarini sotish niyatida. Bu haqda “Financial Times” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Chelsi” aksiyadorlari o‘z ulushlarini klub aksiyalarining qariyb 60 foiziga egalik qiluvchi Clearlake kompaniyasiga sotish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Bouli va Uolter 2022 yilda Roman Abramovichdan “Chelsi”ni 2,5 milliard funt sterlingga sotib olgan investorlar guruhi tarkibida bo‘lgan. Kelishuv amalga oshganidan buyon har ikki biznesmen klub strategiyasi borasida Clearlake bilan bir necha bor kelishmovchiliklarga borgan.

Muzokaralar Mark Uolterning biznes imperiyasi tartibga soluvchi organlar nazoratiga tushgan bir paytda kechmoqda. 66 yoshli amerikalik tadbirkor ayrim muhim aktivlarini ham sotishga urinmoqda. Avvalroq, Uolter NBA'dagi “Los-Anjeles Leykers”dagi ulushini rekord darajadagi 12 milliard dollarga sotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amazon asoschisi Jeff Bezos ishtirokidagi konsorsium Angliyaning “Liverpul” klubining ozchilik ulushini sotib olgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing