Chexiyada kabel o‘g‘irlanishi sabab poyezdlar to‘xtab qoldi
Olam
−
03 noyabr 2025 2228 1 daqiqa
Chexiyaning shimoli-sharqiy qismida temiryo‘l harakatini ta’minlovchi tizimga tegishli kabellar o‘g‘irlangani bois o‘nlab poyezdlar harakati to‘xtatildi. Bu haqda “Novinky” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, kabel o‘g‘riligi kecha, 2 noyabr oqshomida Lipnik-nad-Bechvou va Granitse shaharlari o‘rtasida, Prsherov tumani hududida sodir bo‘lgan. Temiryo‘l boshqarmasi vakili Martin Kavkaning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘rilikka aloqador gumonlanuvchilar qo‘lga olingan.
“Bu Lipnik-nad-Bechvou yaqinida sodir bo‘lgan yirik kabel o‘g‘riligi. Ushbu kabellar temiryo‘l o‘tish moslamalari va xavfsizlik tizimlarini boshqarishda muhim ahamiyatga ega”, deydi u.
Politsiya matbuot kotibi Mariya Shafarjovaning aytishicha, gumonlanuvchi sifatida uch kishi hibsga olingan, biroq qancha kabel o‘g‘irlangani hozircha noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Slovakiya sharqida tezyurar poyezdlar to‘qnashgandi. Hodisa oqibatida 20 kishi jarohatlangan. Halokat Rojnyava tumani, Yablonov-nad-Turnou qishlog‘i yaqinida, Koshitsedan taxminan 55 km g‘arbda sodir bo‘lgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025