Chegarada tanasiga dori yashirgan erkak ushlandi
3-sahifa
−
27 may 3993 1 daqiqa
Toshkent viloyatining “Navoiy” chegara bojxona postidan kirib kelayotgan fuqaro 100 dona dori vositasini beliga yashirib kirayotganda to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, viloyat bojxona boshqarmasi “Navoiy” chegara bojxona post orqali qo‘shni mamlakatdan O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqaro xatti-harakatlari bojxona xodimlarining e’tiborini tortgan.
O‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik natijasida fuqaro o‘z tanasining bel qismiga oldindan yashirib olgan hamda og‘zaki so‘rovda ma’lum qilmagan 100 dona “Aktovegin” nomli dori vositasi yashirgani fosh etilgan.
Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Navoiy” chegara bojxona postida quyma oltinni jinsiy a’zosiga yashirib, noqonuniy olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi