Buxoroda zilzilalar to‘xtamayapti: 1 kunda 3 marta yer qimirladi
Jamiyat
−
22 may 6301 1 daqiqa
Bugun, 22 may kuni O‘zbekiston hududida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yer qimirlashi soat 10:44 da yuz bergan. Magnitudasi 4, chuqurligi 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 526 km janubiy-g‘arbda joylashgan Jondor tumanida. Koordinatalari: 40,26 daraja shimoliy kenglik, 63,11 daraja sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Gazli shahrida 2-3 ball, 32 km;
- Peshko‘ tumanida 2 ball, 44 km;
- Qorakol tumanida 2 ball, 54 km;
- Jondor tumanida 2 ball, 60 km.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 may kuni Buxoro viloyatida 3,8, 3,4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.
Qolaversa, bugun, 22 may kuni Buxoro viloyatida 4 va 3,8 magnitudali zilzila bo‘ldi.
Live
Barchasi