Buxoroda yana zilzila: 3 kunda beshinchi marta yer qimirladi

Jamiyat

−

image

Bugun, 22 may kuni O‘zbekiston hududida 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yer qimirlashi soat 10:15 da yuz bergan. Magnitudasi 3,8, chuqurligi 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 525 km janubiy-g‘arbda joylashgan Jondor tumanida. Koordinatalari: 40,24 daraja shimoliy kenglik, 63,13 daraja sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Gazli shahrida 2-3 ball, 30 km;
  • Peshko‘ tumanida 2 ball, 45 km;
  • Qorakol tumanida 2 ball, 51 km.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 may kuni Buxoro viloyatida 3,8, 3,4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.

Qolaversa, bugun, 22 may kuni Buxoro viloyatida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing