Buxoroda odamlarni Umraga jo‘natmoqchi bo‘lgan firibgar er-xotin ushlandi
3-sahifa
−
19 mart 2657 1 daqiqa
Buxoro viloyatining Jondor tumanida odamlarni Umra safariga jo‘natmoqchi bo‘lgan firibgar er-xotin ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Jondor tumanida yashovchi shaxs hamda uning turmush o‘rtog‘i uzoq vaqt davomida firibgarlik rejasini amalga oshirib kelgan. Er-xotin Umra ziyoratiga yuborish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lmay turib, fuqarolarni Saudiya Arabistoniga, Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilishgan. Shu maqsadda qonun talablarini chetlab o‘tib, 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularning har biridan 1025 AQSH dollari miqdorida pul talab qilgan.
Mazkur shaxslar o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jami 4000 AQSH dollari miqdordagi mablag‘ni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida yo‘q Cobalt mashinasini 14 kishiga sotgan firibgar ushlangani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi