IIB qidiruvida bo‘lgan shaxs Toshkentda qo‘lga olindi
3-sahifa
−
04 mart
7746Bir nechta jinoyatlarda ayblanib, qidiruvga berilgan shaxs Toshkent shahrida qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, R.Sh. ismli shaxs Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi hamda 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. Tergovdan yashiringani sababli unga nisbatan Romitan tuman IIB tomonidan qidiruv e’lon qilingan.
IIB xabariga ko‘ra, olib borilgan qidiruv ishlari natijasida uning Toshkent shahrida yashirinib yurgan manzili aniqlanib, qo‘lga olingan va 4-sonli tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida fuqaroning yashash xonadonidan 1 kilogrammga yaqin porox hamda 20 dona turli kalibrli gilzalar va maxsus pichoqlar topilgandi.
LiveBarchasi
Samarqand iqlim forumi boshlandi.
04 aprel
Trenddagilar




