Buxoroda 17 yoshli qiz o‘zini 8-qavatdan tashlamoqchi bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
04 mart 5315 1 daqiqa
Buxoro viloyatining Buxoro shahrida 8-qavatdan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan qiz qutqarib qolindi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro shahrida 2009 yilda tug‘ilgan qiz ko‘p qavatli uy tomidan o‘zini tashlashga uringan.
Voqea joyida bo‘lgan FVV xodimi qiz o‘zini tashlamoqchi bo‘lganini ko‘rib zudlik bilan uni qutqarishga kirishgan. FVV xodimi qiz turgan ko‘p qavatli uyning tomiga chiqqan va uni ortga qaytarib, hayotini saqlab qolgan.
Qayd etilishicha, 17 yoshli qiz o‘sha paytda judayam tushkun holatda bo‘lgan. Uni qutqarib qolgan FVV xodimi harbiy psixolog mutaxassisligiga ega bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi g‘avvoslari kanalda cho‘kayotgan odamni qutqarib qolgandi.