“Buxoro”, “Lokomotiv” va “Neftchi” jamoalari 2-turda g‘alaba qozondi
Sport
−
06 mart 701 1 daqiqa
Kecha, 5 mart kuni O‘zbekiston Superligasi 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda “Buxoro”, “Lokomotiv” va “Neftchi” jamoalari o‘z uchrashuvlarida g‘alaba qozondi.
Dastlab Toshkentdagi “Olimpiya” stadionida kechgan bahsda “Buxoro” Namanganning “Navbahor” jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona gol 73-daqiqada Veljko Filipovich tomonidan kiritildi.
Shuningdek, Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi safarda “Mash’al”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuvda gollarga Anzur Ismoilov va Quvonch Abrayev mualliflik qildi.
Amaldagi chempion Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi esa safarda “Surxon” ustidan yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Farg‘onaliklar safida Stipe Peritsa ikki bor, Yovan Jokich esa bir marta gol urdi.
Bugun, 6-mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Bunyodkor” – “Dinamo”, “So‘g‘diyona” – “Nasaf” hamda “Xorazm” – OKMK uchrashuvlari 2-turni rasman yakunlab beradi.