Bo‘kada ekskavator 12,5 mingta xonadonni gazsiz qoldirdi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 18 avgust kuni Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi yuqori bosimli gaz quvuriga ekskavatorning shikast yetkazishi oqibatida tumanda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 21:40 da Bo‘ka tumani hududidan o‘tgan yerosti yuqori bosimli gaz quvuriga ekskavator tomonidan shikast yetkazilgan. Oqibatda tumandagi barcha iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerdagi aholi xonadonlari soni 12 512 ta, ulgurji iste’molchilar soni 267 ta.

Bildirilishicha, hozirda gaz ta’minoti xodimlari tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

“Hurmatli iste’molchilar, gaz uzilishi vaqtida xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishingizni, gaz jihozlariga e’tiborli bo‘lishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi yuqori bosimli gaz quvuriga yuk mashinasining urilishi oqibatida gaz sizib chiqish holati kuzatilgandi. Oqibatda “Bog‘bon” MFYdagi 300 ta xonadon, “Arg‘in” MFYdagi 400 ta xonadon va 15 ta ulgurji iste’molchilarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati Bo'ka gaz quvuri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing