Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?

Bu qiziq

image

Bugun, 20 sentyabr kuni O‘zbekistonda havo 32 darajagacha isiydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Unga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-32 daraja bo‘ladi.

Shuningdek, poytaxtda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 29-31 daraja bo‘ladi.

Tog‘li hududlarning ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 22-27 daraja bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, dam olish kunlari  O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va iliq ob-havo saqlanib turishi, shuningdek, qisqa muddatli yomg‘ir faqat Namangan va Farg‘ona viloyatlari tog‘li hududlarining ba’zi joylarida yog‘ishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing