Bugun Blinken Turkiyaga boradi

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning Turkiyaga tashrifidan maqsad G‘azo sektoridagi vaziyat va umuman mojaro yuzasidan maslahatlashuvlar o‘tkazish bo‘ladi. Bu haqda Turkiyadagi hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasining rasmiy vakili Omer Chelikka tayanib, “Haberturk” telekanalida xabar qildi.

“G‘azo masalalari bo‘yicha yaqin maslahatlashuvlarni davom ettirish kerak. U yerda vaziyat yomonlashmoqda, urush cho‘zilib bormoqda. Batafsil muhokama qilinishi kerak bo‘lgan ko‘plab masalalar bor. Va, albatta, Davlat departamenti rahbari bu masalalarni muhokama qilish uchun tez-tez tashrif buyurishi kerak bo‘lgan davlat Turkiyadir. Men buni Rossiya-Ukraina mojarosi bilan bog‘liq vaziyatda payqadim. Germaniya va Yevropa Ittifoqi harbiy komponentni bevosita baholashdan tashqari, kuchli diplomatik mexanizmni yarata olmadi. Ular Prezidentimiz bilan shunday aloqa liniyasini yaratishi kerak edi”, deydi Chelik. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil va G‘azo o‘rtasidagi mojaro bilan bog‘liq vaziyatda har ikki urishayotgan tomon bilan aloqa qila oladigan davlat sifatida Turkiya rahbariyati bilan diplomatik kanal yaratish zarur. 

“Afsuski, AQSH ham, Yevropa Ittifoqi ham hozirgi inqirozlarda yetarlicha diplomatik malakani namoyish eta olmayapti”, deb qo‘shimcha qilgan partiya vakili.

CNN Turk xabariga ko‘ra, Blinken bugun, 5 yanvar kuni kechqurun Turkiyaga yetib borishi kerak. U 6 dekabr kuni Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan bilan uchrashadi va Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an tomonidan qabul qilinishi mumkin. Tomonlar Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish uchun arizasi, Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarini sotish, Egey dengizidagi kuch muvozanati va harbiy mavjudlik muammolarini muhokama qilishlari kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Blinken Turkiyaga borganida u “diplomatik tarsaki” bilan kutib olingandi. Uni kutib olish uchun yuqori martabali amaldorlar chiqmagan, aeroport VIP zali tashqarisidagi chiroqlar o‘chirilgandi. Bundan tashqari, Blinkenning Turkiya TIV binosigacha bo‘lgan yo‘nalishi bo‘ylab ko‘priklardan birida mahalliy aholi HAMASning harbiy qanoti vakili Abu Ubayda tasvirlangan plakatni osib qo‘ygandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkiya Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing