Bugun Abdusattorov Karlsenga qarshi bahs olib boradi
Sport
−
19 yanvar 2023 7244 1 daqiqa
Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Niderlandiyada shaxmat bo‘yicha “Tata Steel-2023” xalqaro turniri o‘tkazilmoqda. Bugun, 19 yanvar kuni “Masters” guruhida 5-tur o‘yinlari boshlanadi.
5-turda musobaqa g‘olibligi uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov jahon tojdori hisoblangan norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona suradi.
Ortda qolgan to‘rt turdan so‘ng, dunyoning top shaxmatchilari orasida Abdusattorov 3 ochko bilan 2-o‘rinni band etgan.
Eslatib o‘tamiz, Magnus Karlsen 4-turda kutilmaganda mezbonlar vakili Anish Giriga imkoniyatni boy bergandi. Giri hozirgi vaqtda “Masters” guruhida yetakchilik qilmoqda.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr