Bugun Husanov asosiy tarkibda tushishi mumkin
Sport
−
08 fevral 10803 1 daqiqa
“Manchester Siti” Angliya kubogi 4-raundi doirasida mehmonda “Leyton Oriyent”ga qarshi maydonga tushadi. Bugun, 8 ferval kuni Toshkent vaqti bilan 17:15 start oladigan o‘yinda o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda o‘ynashi mumkin.
O‘yin oldidan bir qancha nashrlar taxminiy tarkiblarni e’lon qildi. Ular orasida eng mashhurlaridan biri “Sofascore” uchrashuv oldidan taxminiy tarkibni namoyish etdi.
“Manchester Siti”: Ederson, Lyuis, Husanov, Akanji, Gvardiol, Nunes, Kovachich, Marmush, De Bryuyne, Savino, Doku.

Mazkur o‘yindan keyin Gvardiola shogirdlarini Chempionlar ligasida pley-off bosqichida “Real”ga qarshi bahs kutib turibdi. Uchrashuv Toshkent vaqti 12 fevralga o‘tar kechasi “Etihad” stadionida start oladi.
Live
Barchasi