BRICS'ga yana oltita davlat qo‘shiladi
Olam
−
24 avgust 2023 15194 1 daqiqa
BRICS tarkibiga yana oltita davlat kiradi. Bu haqda Janubiy Afrika Prezidenti Siril Ramafosa ma’lum qildi.
Ramafosaning so‘zlariga ko‘ra, BRICS’ga rasman BAA, Saudiya Arabistoni, Eron, Argentina, Misr va Efiopiya taklif etilgan. Ularning a’zoligi 2024 yil 1 iyundan boshlanishi kerak.
Shuningdek, u BRICS yetakchilari 22-24 avgust kunlari Yoxannesburgda bo‘lib o‘tgan sammit yakunlari bo‘yicha deklaratsiya qabul qilganini ma’lum qilgan.
“Muhokamalar chog‘ida BRICS a’zolari Yoxannesburg-2 deklaratsiyasini qabul qilish to‘g‘risida qarorga kelishdi”, degan Janubiy Afrika rahbari.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 22-24 avgust kunlari Janubiy Afrika poytaxti Yoxannesburgda BRICS’ning 15-sammiti bo‘lib o‘tdi, unda Xitoy, Hindiston, Braziliya va Janubiy Afrika yetakchilari – Si Szinpin, Narendra Modi, Luis da Silva, Siril Ramafosa ishtirok etdi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin sammitda videokonferensiya orqali ishtirok etdi.