Braziliyaning sobiq prezidenti 27 yilga qamaldi

Olam

image

Braziliyada sobiq prezident Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishiga urinish ishi bo‘yicha 27 yil 3 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda G1 portali xabar berdi.

Bu muddatning 24 yil 9 oyi qamoq jazosidan iborat bo‘lib, yopiq tartibda o‘taladi, qolgan 2,5 yili esa uy qamog‘i shaklida belgilangani aytilmoqda. Hozirda Bolsonaru sud qarorlariga rioya qilmagani sababli uy qamog‘ida saqlanmoqda.

Braziliya Bosh prokuraturasi 2025 yil fevralida unga 2022 yildagi davlat to‘ntarishi urinishida ayblov qo‘ygan edi. Tergovchilarning ma’lumotiga ko‘ra, Bolsonaru o‘shanda amaldagi Prezident bo‘lgan Luis Inasiu Lula da Silva va vitse-prezident Jeraldu Alkmindni o‘ldirish rejasi haqida xabardor bo‘lgan, bu fitnada harbiylar guruhi ishtirok etgan.

2024 yil noyabrida Braziliya politsiyasi ham uni Lula da Silvaga qarshi uyushtirilgan fitnada ishtirok etganlikda ayblagan. Bolsonaru 2019 yildan 2023 yilgacha prezident lavozimida ishlagan, undan keyin hokimiyatga Lula da Silva kelgan. 2023 yil yanvarida Bolsonaru tarafdorlari saylov natijalariga norozilik bildirib, Braziliya shahrida hukumat binolarini egallashga uringan, biroq politsiya ularni bostirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika rahbari Donald Tramp Braziliyadagi sobiq prezident Jair Bolsonaruga qarshi sud ishi boshlangani uchun mamlakatga bojlar bilan tahdid qilgan edi. Tramp Bolsonaruni o‘zining ittifoqchisi deb biladi va unga nisbatan olib borilgan sudni adolatsizlik deb atagan.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya Jair Bolsonaru Luis Inasiu Lula da Silva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing