Blinken Xitoyga qarshi sanksiyalar kengaytirilishini e’lon qildi
Olam
−
21 may 2024 7280 1 daqiqa
AQSH Rossiya Federatsiyasiga ikki maqsadli mahsulotlar yetkazib bergani uchun Amerika sanksiyalariga duchor bo‘lgan Xitoy kompaniyalari ro‘yxatini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH allaqachon aniqlangan 100 dan ortiq Xitoy tuzilmalariga cheklovlar joriy etgan.
“Biz buni davom ettiramiz”, deydi Blinken.
U Kongress Senatining Tashqi aloqalar qo‘mitasida Xitoydan Rossiya harbiy-sanoat kompleksi manfaatlari uchun mahsulot yetkazib berilishi haqidagi taxminlar mavzusidagi tinglovda qatnashar ekan, Xitoy Rossiya Federatsiyasini qurol-yarog‘ bilan ta’minlamasligini tan oldi.
"Biz Xitoyning Ukrainada foydalanish uchun Rossiyaga o‘z-o‘zidan qurol yetkazib berayotganini ko‘rmadik", degan AQSH Davlat kotibi.
Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida AQSH Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiv urushi tarafdorlariga qarshi yangi sanksiyalar paketini joriy qilgandi. "Qora ro‘yxat"ga Xitoy va Gonkong ma’muriy hududidagi 16 ta korxona ham kiritilgan. Kuni kecha Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vazirligi Amerikaning uchta kompaniyasini Tayvanga qurol sotish bo‘yicha ishonchsiz tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi.
Live
Barchasi