Bishkekda voyaga yetmagan qiz “samosud” qilindi (video)
Olam
−
11:30 3933 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Qirg‘izistonning Bishkek shahri Sverdlovsk tumanida 17 yoshli qiz voyaga yetmagan boshqa qizni “samosud” qilgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Sverdlovsk tumani Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, kaltaklagan qiz 17 yoshda bo‘lib, uning yonida 19 va 17 yoshdagi yana ikki dugonasi ham bo‘lgan. Ular ota-onalari bilan birga IIBga olib ketilgan.
19 yoshli shaxs vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Voyaga yetmaganlarning ota-onalari esa farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik qilgani uchun javobgarlikka tortilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda voyaga yetmagan qizlar “samosud” qilingandi.
Live
Barchasi