Benzemaning jamoasi Saloh bilan kelishuvga erishdi

Sport

image

Angliyaning “Liverpul” klubi hujumchisi Muhammad Saloh Saudiya Arabistoni klubi bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda “BeIN Sports” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, misrlik futbolchi “Al-Ittihod”ga o‘tishga rozi bo‘lgan. Ayni damda kelishuv “Liverpul”ning qaroriga bog‘liq. Saudiya klubi Saloh uchun 90 million yevrolik taklif tayyorlamoqda. Bu o‘tish Saudiya Arabistoni chempionati tarixidagi eng qimmat transferga aylanishi mumkin.

Misrlik futbolchi “Liverpul” bilan 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan. Saloh “qizillar” safida 2017 yilning yozidan beri to‘p surib kelmoqda. U jamoa bilan birgalikda 2018/2019 yilgi mavsum Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

“Al-Ittihod” safida “Real”ning sobiq futbolchisi, 2022 yilgi “Oltin to‘p” sohibi Karim Benzema, “Chelsi” bilan Yevropa Chempionlar ligasi g‘olib chiqqan N'golo Kante va Salohning sobiq jamoadoshi Fabino to‘p tepadi.


Maqola muallifi

Teglar

Karim Benzema Muhammad Saloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing