Trabzondagi ko‘cha nomi Saloh nomiga qayta nomlanmoqda

Sport

image

Trabzon viloyatida joylashgan Yomra munitsipaliteti yangi “Trabzonspor” futbolchisi Muhammad Salohning uyi joylashgan ko‘chaga uning nomini berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yomra hokimi Mustafo Biyik ma’lum qildi.

“Turkiya futboli tarixidagi eng ajoyib transferlardan biri amalga oshirilib, Muhammad Salohning bizning mahallamizda yashashidan juda faxrlanamiz. Bu hafta shahar kengashining Salohning uyi joylashgan ko‘chani Muhammad Saloh ko‘chasi deb nomlash to‘g‘risidagi qarorini qabul qilamiz. Biz qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik. Endi navbat Salohda”, deb yozdi Biyik.

Eslatib o‘tamiz, misrlik futbolchi shu yozda “Trabzonspor”ga erkin agent sifatida qo‘shilgan edi. Hozirga kelib Muhammad Saloh Turkiya Superligasi ortda qolgan 3 turidan so‘ng 3 ta gol bilan to‘purarlar poygasida Viktor Osimxendan keyin 2-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing