Bekobodda tabiatga qariyb 17 mlrd so‘m zarar yetkazildi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasi qazib olingani ortidan tabiatga 16 mlrd 912 mln 862 ming 600 so‘m zarar yetkazildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, mas’ul xodimlar tomonidan tumanda navbatdagi reyd tadbirlari o‘tkazilgan. Reyd davomida huquqbuzarlar F.T. va U.Q. tomonidan tumanning “Achamayli” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosi o‘zanidan yuk avtomobili hamda maxsus yuklovchi transport vositasi yordamida noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasi ortib, olib chiqib ketilayotgani aniqlangan. 

Ushbu noqonuniy ish ortidan tabiatga yetkazilgan zarar hisob-kitob qilinganda, 16 mlrd 912 mln 862 ming 600 so‘m ekani ma’lum bo‘lgan. Holatga huquqiy baho berish maqsadida to‘plangan hujjatlar Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxorodan noqonuniy ravishda saksovul kesib, uni Xorazmga olib ketayotgan fuqarolar ularni ta’qib qilgan inspektorlarga tan jarohati yetkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bekobod qum-shag'al

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing