Bayden Ukrainada urush boshlanganining bir yilligi arafasida Yevropaga boradi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiya-Ukrainaga urushi boshlanganining bir yilligi munosabati bilan fevral oyida Polshaga borishi kutilmoqda. Bu haqda NBC telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, yanvar oxiridan beri Baydenning Yevropaga, jumladan, Polshaga safar qilishi ko‘rib chiqilmoqda. Biroq safar bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Shuningdek, Baydenning Yevropaga safari doirasida u Ukrainaga borishi ham hozircha noma’lum. 

Ta’kidlash joizki, Yevropaga borish Baydenga AQSH-Yevropa ittifoqi doirasida birdamlikni mustahkamlash uchun imkoniyat beradi. Bayden 25 yanvar kuni AQSH Ukrainaga 31 ta Abrams tankini yuborishini e’lon qilar ekan, bu birlikning ahamiyati haqida fikr bildirgan.

“Men buni uzoq vaqtdan beri aytyapman – Rossiyaning kutayotgani bizning tarqalib ketishimiz, birdam bo‘lmasligimiz. Lekin biz to‘liq, har tomonlama butunlay birlashganmiz”, degan Bayden Yevropadagi ittifoqchilari bilan aloqalarni nazarda tutib.

Ma’lumot uchun, Rossiya bosqinidan beri Bayden ma’muriyati Ukrainaga xavfsizlikni ta’minlash uchun 29,3 milliard dollardan ortiq yordam ajratgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yaponiya bosh vaziri ham Ukrainada urush boshlanganining bir yilligi munosabati bilan G7’ning onlayn formatdagi sammitini o‘tkazishini ma’lum qilgan edi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing