“Barselona” Rodrini “Real”dan olib qo‘ymoqchi
Sport
−
18:55 387 2 daqiqa
“Barselona” “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodrining vakillari hamda ingliz klubi bilan ehtimoliy transfer yuzasidan aloqa o‘rnatdi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Real Madrid” ham bir necha haftadan buyon “Manchester Siti” bilan muzokaralar olib bormoqda. Biroq ingliz klubi darhol kelishuvga erishishga tayyor emas edi, chunki u boshqa klublar ham futbolchi uchun kurashga qo‘shilishi mumkin deb hisoblagan.
Ayni paytda hammasi Rodrining qaroriga bog‘liq. Yakuniy qarorni futbolchining o‘zi qabul qiladi. Qayd etilishicha, ham “Real Madrid”, ham “Barselona” “Manchester Siti”ga deyarli bir xil miqdordagi transfer taklifini berishga tayyor.
“So‘nggi haftalarda Rodri uchun ustuvor variant “Real Madrid” bo‘lib qolmoqda va madridliklar bilan muzokaralar davom etmoqda. Biroq kelishuv hali yakunlanmagan. Shu bilan birga, “Barselona” ham ispaniyalik yarim himoyachi uchun kurashga faol qo‘shildi”, deb yozdi Fabritsio Romano o‘zining X sahifasida.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli Rodri o‘tgan mavsum “Manchester Siti” safida barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
U, shuningdek, 2026 yilgi Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi safida 8 ta o‘yinda qatnashib, jamoasi bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi hamda musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madrid klubi Rodri uchun 50-60 million yevro atrofida taklif bilan chiqishni rejalashtirganni haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi