“Balogun effekti”. Fransiya ham FIFA’ga murojaat qilmoqchi
Sport
−
08:48 1940 1 daqiqa
Fransiya futbol federatsiyasi 2026 yilgi Jahon chempionati 1/8 finalida Paragvayga qarshi uchrashuvda yarim himoyachi Maykl Oliсyega ko‘rsatilgan sariq kartochkani bekor qilish bo‘yicha FIFA’ga rasmiy murojaat yo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “L’Équipe” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Olicyega ogohlantirish uchrashuvning qo‘shib berilgan vaqtlarida ko‘rsatilgan.
Jahon chempionati reglamentiga ko‘ra, sariq kartochkalar faqat chorak final bosqichi yakunlanganidan keyin hisobdan chiqariladi. Shu bois, agar Olicye Marokashga qarshi chorak final bahsida yana bir sariq kartochka olsa, u avtomatik ravishda yarim finalni o‘tkazib yuboradi.
Nashrning yozishicha, Fransiya futbol federatsiyasi o‘z murojaati uchun asos sifatida FIFA’ning yaqinda AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunga nisbatan qabul qilgan qarorini keltirmoqchi. O‘shanda FIFA Intizom qo‘mitasi futbolchining qizil kartochkasi bo‘yicha diskvalifikatsiyasini bir yillik sinov muddati bilan to‘xtatib, uning keyingi uchrashuvda ishtirok etishiga ruxsat bergan edi.
Live
Barchasi