Balidagi suv toshqinida 14 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
12 Sentabr 2114 2 daqiqa
Joriy yilning 10 sentyabrida Indoneziyaning Bali orolida kuchli yomg‘ir sabab boshlangan suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 nafarga yetdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shu haftaning 9-10 sentyabr kunlari kuchli yomg‘ir Denpasar va Balining sakkizta mintaqasidan oltitasida suv toshqini keltirib chiqargan, bu esa asosiy yo‘llarni, jumladan, orolning xalqaro aeroportiga kirishni to‘sib qo‘ygan. Ayrim hududlarda ko‘chkilar ham sodir bo‘lgan. O‘limlarning aksariyatiga daryolar qirg‘og‘ida odamlarni oqizib ketgani sabab bo‘lgan.
“Tabiiy ofat sabab sayyohlik markazining poytaxti Denpasarda ikki kishi bedarak yo‘qolgan va ularni qidirishga 125 nafar qutqaruvchi jalb qilingan. 500 dan ortiq odamlar maktab va masjidlarga evakuatsiya qilingan”, deydi mamlakat tabiiy ofatlardan qutqarish agentligi matbuot kotibi Abdul Muhariy
Shuningdek, kotib suv sathi pasayganini va 500 ga yaqin harbiy xizmatchi ko‘chalarni loy, vayronalar va toshlardan tozalashga safarbar etilganini ma’lum qilgan.
Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, kuchli yomg‘ir Indoneziyaning Sharqiy Nusa Tengara shahrida ham suv toshqiniga sabab bo‘ldi va ofat sabab to‘rt kishi halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida xorijliklar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonning bir necha hududlarida kuchli musson yomg‘irlari yog‘ib, Abbotobod, Naroval, Ferozvala, Baxavalpur va boshqa hududlarga ham zarar yetkazgan va ko‘plab pastqam joylarda suv to‘planib, elektr ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘lgan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi