Baxtiyor Saidov Berdimuhamedov qabulida bo‘ldi
Jamiyat
−
30 mart 2023 7350 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov qabulida bo‘ldi. Bu haqda “Turkmenistan Today” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda Baxtiyor Saidov Ashxobodda o‘tkazilgan Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi ikki tomonlama maslahatlashuvlar davlatlararo muloqotning ustuvor masalalari, mintaqaviy va xalqaro kun tartibdagi hamkorlik aloqalarining dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lganini ta’kidlagan.

Shuningdek, Turkmaniston-O‘zbekiston hamkorligida savdo-iqtisodiy sohaga alohida e’tibor qaratilishi aytilgan. Shu munosabat bilan o‘zaro tovar ayirboshlash, yoqilg‘i-energetika, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi tarmoqlari hamda boshqa sohalardagi o‘zaro hamkorlikning ijobiy dinamikasi qayd etilgan.

Uchrashuv yakunida Serdar Berdimuhamedov va Baxtiyor Saidov do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalariga asoslangan davlatlararo strategik hamkorlik bundan buyon ham mustahkamlanib, muvaffaqiyatli rivojlanib borishiga ishonch bildirgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr