Ba’zida hakamlar uxlab yotgandek tuyuladi – Desham
Sport
−
14 Oktabr 2025 1403 1 daqiqa
Kecha, 13 oktyabr kuni JCH–2026 saralash bosqichi doirasida Fransiya va Islandiya terma jamoalari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan so‘ng Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham hakamlik qarorlaridan norozi bo‘ldi. Bu haqda “Frenchfootballweekly” nashri xabar berdi.
Reykyavikda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda fransuzlar dastlab 2:1 hisobida oldinda borayotgan bo‘lsa-da, yakunda 2-2 hisobidagi durang natijaga rozi bo‘lishga majbur bo‘lishdi.
“Raqib birinchi golni urganida Konega nisbatan qo‘pollik bo‘ldi. Ba’zida hakamlar uxlab yotgandek tuyuladi … Kichik qoidabuzarliklarda ham noto‘g‘ri qarorlar ko‘p bo‘ldi. Ehtimol, tribunadagi muhit hakamga ta’sir qilgandir. O‘sha birinchi gol umuman o‘tkazilmasligi kerak edi”, dedi Desham.
Mutaxassis o‘z jamoasining o‘yiniga ham tanqidiy qaradi.
“Biz o‘yinni yaxshi nazorat qildik. Islandiyaliklar atigi ikkita zarba yo‘llashdi, ammo ikkisi ham golga aylandi. Birinchi bo‘limda yetarlicha harakat qilmadik. 2:1 hisobida oldinda borar ekanmiz, ikkinchi golni qanday o‘tkazib yuborganimiz meni g‘azablantiradi. Biz haddan tashqari ochiq o‘ynadik va joylashuvda xatoga yo‘l qo‘ydik”, deydi Desham.
Ma’lumot uchun, Fransiya terma jamoasi Jahon chempionati Yevropa saralash bosqichi “D” guruhida Ukraina jamoasidan 3 ochko farq bilan peshqadamlik qilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025